Chechenistonda 4 kunlik kelin va kuyov o‘z joniga qasd qildi

  • 20 iyul 2016, 19:56
  • 19 874
  • Dunyo
  • Chechenistonda 4 kunlik kelin va kuyov o‘z joniga qasd qildi

    Checheniston huquq-tartibot organlari nikoh to‘yidan so‘ng 4 kun o‘tib o‘z joniga qasd qilgan kelin va kuyovning o‘limi yuzasidan tergov ishlarini boshladi. Bu haqda “Ren.tv” nashriga asoslanib “Qalampir” xabar bermoqda.

    Ma’lum bo‘lishicha, ularning jasadi 4 kun o‘tgach, Grozniydagi ko‘p qavatli uydagi xonadondan topilgan. Taxminlarga ko‘ra, ular o‘z joniga qasd qilgan.
    20 yoshli kuyov va uning 22 yoshli rafiqasi gazdan zaharlanish tufayli vafot etgan.

    Gap shundaki, jasadlarning har biri boshiga polietilen selofanlar kiydirilgan, paketlarning ichida esa gaz ballonidan kiritilgan shlang bo‘lgan. Shu bilan birga, kvartiradan kelin va kuyovning o‘limlaridan avval yozib qoldirilgan maktubi topilgan. Unda yoshlar bo‘lgan ishlarda hech kimni ayblamasliklarini va yaqinlari ularni kechirishlari yozilgan.

    Huquq-tartibot organlarining aniqlashicha, har ikki yosh yaxshi oilalardan bo‘lishgan va ularning o‘z joniga qasd qilishiga arzigulik sabab bo‘lmagan. Bundan tashqari kelin ham kuyov ham talaba bo‘lishgan. Kuyov Londondagi tibbiyot universitetida tahsil olayotgan bo‘lsa, kelin Chechen davlat universiteti talabasi bo‘lgan.

    Ayni vaqtda tahminan o‘z joniga qasd qilish deb ko‘rilayotgan bu ish tergov qilinmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Chechenistonda 4 kunlik kelin va kuyov o‘z joniga qasd qildi