Tailandning markaziy qismida joylashgan Ayuttxaya shahri yaqinida 18 sentyabr, yakshanba kuni daryo paromining halokatga uchrashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 18 kishiga etdi. Bu haqda «TASS»ga asoslanib "Daryo" xabar bermoqda.
«Sinxua» agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar orasida 6 nafar ayol va kamida bitta yosh bola bor. Hukumat rasmiylari bedarak yo‘qolganlarni qidirishda davom etmoqda.
Avvalroq hodisa oqibatida halok bo‘lganlar 13 kishini tashkil etayotgani haqida xabar berilgan edi.
Ayuttxayadan Chaoprayya daryosi bo‘ylab 150 kishidan iborat musulmonlar guruhini diniy marosimdan Bangkok shahriga olib ketayotgan parom ko‘prik ustuniga urilgan va Bangkokdan 80 kilometr uzoqlikda cho‘kib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi