Bir necha kun avval, Xitoyning Shandun provinsiyasida 6 oyoqli oppoq qo‘zichoq dunyoga keldi.
Xonadonida ana shunday g‘aroyib qo‘zichoq tug‘ilgan xitoyliklar qo‘zichoqni tasvirga tushirib, videoni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirishdi.
Ushbu tasvirlarda qo‘zichoq oyoqlarining ko‘pligi sababli, u o‘zini bazo‘r tik tutib turgani ko‘rinib turibdi. Egasining so‘zlariga ko‘ra, ona qo‘y birvarakayiga bir nechta qo‘zichoqni dunyoga keltirgan. Ulardan uch nafari nobud bo‘lgan. Old chap oyog‘ida anomaliya bo‘lgan bu qo‘zichoq esa tirik qolgan.
Mutaxassislar bu kabi holatlar gen o‘zgarishi yoki e’tiborsiz qoldirilgan kasalliklar tufayli yuz berishini aytishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi