Fransiyaning Evre shahrida yashovchi erkak o‘ziga meros qolgan uyning turli xonalarida yashirilgan 100 kg oltin topib oldi, deb xabar bermoqda Kun nashri.
Ma’lum qilinishicha, fransuz oltinlarni uyidan eski mebellarni olib chiqib tashlayotganda topib olgan. Avval u javon tubiga mahkamlangan qutini topib olgan. Quti ichida esa oltin tangalar bo‘lgan. So‘ngra qimmatbaho metall uyning boshqa xonalarida, jumladan vannaxonada ham topilgan.
Hammasi bo‘lib 5 mingta oltin tanga, ikkita 12 kg lik va 37 ta 1 kg lik yombilar topilgan. Kutilmagan xazinaning narxi 3,5 mln evroni tashkil qilgan.
Omadi chopgan fransuz bundan tashqari ushbu oltinlar o‘tgan asrning 50-60-yillarida qonuniy ravishda sotib olinganini tasdiqlovchi hujjatlarni ham topgan. Merosxo‘r barcha topilgan oltinlarni auksionda sotib yuborgan. Oltin buyumlarni fransuzlar va xorijliklar xarid qilishgan.
Fransiyadagi xazinalar haqidagi qonunga ko‘ra, fransuz oltinlar sotilishidan tushgan pullardan 45 foizini oladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi