07:32 / 25.11.2016
8 327

Shayx Mishariy Al-A’fasiy Erdo‘g‘andan norozi bo‘ldi

Shayx Mishariy Al-A’fasiy Erdo‘g‘andan norozi bo‘ldi

Quvayt Katta masjidining imomi - shayx Mishariy Al-A’fasiy bir necha soat avval o‘zining tvitterida Isroilda bo‘layotgan voqealarga munosabat bildirib, Erdo‘g‘anning bu mamlakatga yordam qo‘lini cho‘zganligidan norozi bo‘lgan, deb xabar berdi Kun nashri.

"Erdo‘g‘an Isroildagi yong‘inlarni o‘chirishga samolyot yubormoqda! Savol: U Isroilni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildimi?"

Bundan avval Erdo‘g‘anning Isroilga yordam taklif qilgani hamda Mishariy Rashid Al-A’fasiyning Isroildagi yong‘inlar to‘lqiniga "omad tilagani" haqida xabarlar berilgandi.

Shuni ta’kidlash joizki, shayx o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Isroildagi yong‘inlarga tegishli xabarlar va suratlar bilan faol bo‘lishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shayx Mishariy Al-A’fasiy Erdo‘g‘andan norozi bo‘ldi