7 221
Financial Times: Rossiyaga qarshi sanksiyalar masalasi Evropa Ittifoqini bo‘lib yuborishi mumkin
Nashrda yozilishicha, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana olti oyga uzaytirish masalasining o‘tkir muhokama qilinishi Evropa Ittifoqi vakillari Moskvaga nisbatan qanday munosabatda bo‘lish haqida bir qarorga kela olmaganidan dalolat beradi. Shu hafta bo‘lib o‘tadigan Evropa rahbarlari sammiti tashkilotning Ukraina inqirozi masalasida bir qarorga kelishi uchun oxirga imkoniyat bo‘lishi mumkin.
Buyuk Britaniya, Skandinaviya va Boltiqbo‘yi davlatlari sanksiyalarni uzaytirish, ularning miqyosini yanada kengaytirish tarafdorlari bo‘lib, shu orqali Rossiyani Minsk kelishuvlarini bajarishga hamda Ukrainaning eski chegaralarini tiklashga majbur qilishga chaqirmoqda. Ammo bir necha haftadan buyon Fransiya, Italiya, Ispaniya singari davlatlar mutasaddilari sanksiyalarni kuchaytirish Rossiyani qat’iy choralar ko‘rishga majbur qilishi, buning natijasida Minsk kelishuvlarining amalga oshirilishi xavf ostida qolishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
20 mart kuni bo‘lib o‘tadigan sammitda Evropa davlatlari rahbarlarida ushbu masala bo‘yicha yagona fikrga kelish uchun yana bir imkoniyat bo‘ladi. Financial Times Evropa Ittifoqi rasmiy shaxslaridan birining fikrini keltiradi: “Agarda biz qisqa muddatda qaror qabul qilmasak, Rossiyaning Evropa Ittifoqini parchalab tashlashga qaratilgan targ‘ibotiga yanada kuchliroq duchor bo‘lamiz”.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi