Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi namoyishdagi nutqida Evroparlament Turkiyani u emas, balki Turkiya hukumati boshqarishini anglashi lozimligini aytdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.
"Deyarli har kuni teraktlarga duch keladigan Turkiyadan terrorchilik tuzilmalari bilan kurash olib bormaslikni talab qilish davlatni terrorchilar ixtiyoriga topshirish bilan teng kuchlidir", deb aytdi Erdo‘g‘an.
U Turkiyaning Evropa Ittifoqiga qabul qilinishini to‘xtatish chaqirig‘iga ega rezolyusiyani qabul qilgan Evroparlament pozisiyasini ham tanqid qildi.
"Evroparlament, o‘z o‘rningni bil! Bu davlatni Evroparlament emas, hukumat boshqaradi", deb aytgan Erdo‘g‘an.
Uning aytishicha, muhojirlar inqirozi Evropa davlatlari insoniy qadriyatlar va insonparvarlikdan qanchalik yiroqlashishi mumkinligini ko‘rsatdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda