1912 yilda cho‘kib ketgan afsonaviy «Titanik» kemasi okean tubida qolib ketaveradi: dastlab halokatning aniq joyi ma’lum emasdi, keyin esa kema qoldiqlarining holati yomonlashayotgani aniqlandi. National Geographic'ga tayanib Daryo yozishicha, bugungi kunda olimlar «Titanik»ka 20 yildan uzoq vaqt bermayapti.
Kemaning bo‘laklari 3750 metr chuqurlikka cho‘kib ketgan edi. Laynerning ikkita asosiy bo‘laklaridan tashqari, o‘n minglab maydaroq qismlar esa 4,8×8 km maydondagi okean tubiga sochilib ketgan edi.
Suvdan minglab artefaktlar chiqarib olindi, ammo yirik bo‘laklarni suv tubidan ko‘tarib chiqarish iloji bo‘lmadi. 1991 yildayoq kema bo‘laklarini o‘rganayotib, olimlar ular mikroorganizmlar hayot faoliyati mahsulotlaridan iborat qatlam bilan va ko‘p qavatli zang bilan qoplanganligini aniqlagan edi, uning qalinligi esa doimiy ravishda ortib bormoqda.
Kema korpusi va uning atrofida 24 xil turdagi umurtqasiz hayvonlar va 4 turdagi baliq yashaydi, shularning 12 turi metall va yog‘och konstruksiyalarni faollik bilan emirib bormoqda. Eng asosiy dushman esa bungacha fanga noma’lum bo‘lgan va layner sharafiga nomlangan Halomonas titanicae bakteriyasi bo‘lib chiqdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi