5 248
AQSh Litva fuqarosini kibertovlamachilik yo‘li bilan 100 mln dollarni o‘zlashtirishda aybladi
Litva polisiyasi AQSh tomonidan 100 million dollardan ko‘proq mablag‘ni elektron pochta yordamida o‘g‘irlaganlikda ayblanayotgan fuqaroni hibsga oldi. Bu haqda «RBK»ga asoslanib «Daryo» ma’lum qildi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, tovlamachi, 48 yoshli Evaldas Rimasauskas Litvada firmani ro‘yxatdan o‘tkazgan. Firmaning nomi Osiyodagi kompyuter qurilmalari ishlab chiqaradigan firmalardan birining nomidan ko‘chirilgan. Bu kompaniyaning nomidan 2013—2015 yillar oralig‘ida Rimauskas AQShning ikkita internet kompaniyasiga bir nechta elektron fishing xabar (soxta xabar) jo‘natgan.
AQShning ikki kompaniyasi haqiqiy kompaniya bilan bir necha marta yirik shartnomalar imzolagan. Rimauskas Amerika kompaniyalarining xodimlarini chalg‘itib, o‘ziga tegishli Latviya va Kiprdagi hisob raqamlariga pul o‘tkazishga erishgan. Shundan so‘ng u pulni dunyoning boshqa mamlakatlarida ochilgan hisob raqamlariga jo‘natgan. Bundan tashqari, jabrlangan kompaniyaning hujjatlarini qalbakilashtirib, banklarni pul o‘tkazmalarining haqiqiyligiga ishontirgan. Shu tariqa, u 100 million dollardan ortiq mablag‘ni qo‘lga kiritgan.
Xabarlarga ko‘ra, agar sud Rimauskasni aybdor deb topsa, u 20 yildan ortiq qamoq jazosiga hukm qilinadi. AQSh hukumati Litva huquqni muhofaza qilish organlariga tovlamachini qo‘lga olganligi uchun minnatdorchilik bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi