8 067
Qodirov Chechenistondagi "Rosgvardiya" harbiy qismiga hujum qilganlarning shaxsi aniqlanganini ma’lum qildi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov "Rosgvardiya" harbiy qismiga uyushtirilgan terroristik harakat ishtirokchilarining shaxsi aniqlangani haqida ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning ikki nafari Rostov viloyatida, bir nafari Volgograd viloyatida, yana uch nafari esa Chechenistonda tug‘ilgan.
"Agar terrorchilar qurollarni qo‘lga kiritib tirik qochishga erishganlarida o‘zlari mo‘ljallagan teraktni sodir etishlariga hech qanday shubha yo‘q edi" - deb yozadi Qodirov o‘zining Instagramdagi ijtimoiy sahifasida.
Shuningdek, Qodirov RF milliy harbiy gvardiyasi bosh qo‘mondoni armiya generali Viktor Zolotovga, halok bo‘lganlarning oilasi va yaqinlariga o‘z hamdardligini bildirdi. "Rossiya qahramoni Axmat Qodirov nomidagi hududlararo umumiy fondi halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalariga yordam ko‘rsatishga qaror qildi" - deb qo‘shib qo‘ydi u.
Milliy Antiterroristik qo‘mitaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, Moskva vaqti soat 2:30 lar chamasi olti nafar jangarilar guruhi Chechenistondagi Rosgvardiya harbiy qismiga hujum uyushtirishgan. Bo‘lib o‘tgan jang oqibatida barcha jangarilar o‘ldirilgan, 6 nafar Rosgvardiya jangchisi halok bo‘lgan va yana 3 nafari jarohat olgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Chechenistondagi ushbu terroristik hujumni "eng og‘ir voqea" deb atadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi