Shvesiya poytaxti Stokgolm markazida yuk mashinasi odamlar ustiga bostirib kelgan edi. Polisiya tomonidan qo‘lga olingan va o‘z aybini tan olgan gumondor shaxs O‘zbekiston fuqarosi 39 yoshli Rahmat Oqilov ekani ma’lum qilingan edi, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.
Stokgolm polisiyasida unga qarshi kamida 70 ta “raqamli isbot” bor. OAV Oqilov va “Islom davlati” a’zosi deya taxmin qilinayotgan Abu Fotima niki ostida muloqot qilgan odam o‘rtasidagi xabar skrinshotini tarqatdi. Bu muloqot terakt uyushtirishdan oldin va keyin bo‘lib o‘tgan. Nimagadir ular rus tilida yozishishgan.
Teraktdan oldin Oqilov portlashga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida yozib: “Ertaga kechki payt katta mashina topib, olomon ustiga haydab borishni xohlayman”, deydi. Ertasi kuni suhbatdoshiga “bir necha kishini urdim, mashina boshqa tomonga burilib ketdi. Hozir aeroportdaman. Boshi berk ko‘chadaman. Stokgolm markazida 10 tachasini urdim, endi qochishim kerak”, deb yozadi. Uning bu ishidan maslakdoshi xursand bo‘ladi. “Expressen” gazetasining yozishicha, Oqilovning suhbatdoshi tojikistonlik bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, Oqilov yuk mashinasini boshqarayotgan vaqtda tasodifan aseton to‘kib yuboradi ham qo‘l va oyog‘i kuyadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi