AQSh prezidenti Donald Tramp prezidentlik lavozimidagi ilk 100 kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqining boshini AQSh ommaviy axborot vositalarini tanqid qilishga bag‘ishladi hamda ularga nisbatan yana "yolg‘onchi OAV" degan iborani qo‘lladi deb yozadi Kun nashri.
Tramp Oq uy huzuridagi muxbirlar uyushmasining har yillik tadbirida ishtirok etish o‘rniga Pensilvaniyada tarafdorlari oldida nutq so‘zlashni afzal ko‘rdi va shu tariqa ko‘p yillik an’anani buzdi.
"Hozir Vashingtonda ular bizni ko‘rmoqdalar va bu kecha biz bilan bo‘lishni istamoqdalar. Va hech narsa meni bu Vashington botqog‘idan 100 mil uzoqlikda bo‘lib, sizlar bilan kechani o‘tkazishdan ortiqroq xursand qila olmaydi", deb aytdi prezident.
"Kechki tanovul juda-juda zerikarli o‘tadigan ko‘rinadi", deb kesatib qo‘ygan Tramp.
Muxbirlar uyushmasi 1914 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning maxsus kechki tanovullariga an’anaviy tarzda AQSh prezidentlari tashrif buyurib, nutq so‘zlab kelishgan. Tramp esa bu an’anani buzdi. Bundan tashqari, u shu kuni tvitterda "Etakchi (yolg‘onchi) OAV biz erishgan yutuqlarni, jumladan 28 ta qonunni, chegaralarning mustahkamlanishi va ulkan optimizmni ovoza qilishdan bosh tortmoqda" deb yozdi.
Tramp oxirgi oylar muntazam AQShning etakchi OAVni, jumladan CNN telekanali va The New York Times nashrini tanqid qilib keladi. U jurnalistlarni haqiqatga mos kelmaydigan maqolalarni chop etishda va mavjud bo‘lmagan manbalarga iqtibos keltirishda ayblab keladi. Tramp shuningdek ma’lumotlarning noqonuniy sizib chiqib ketishiga qarshi kurashmoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi