Yaponiya imperatorining nabirasi turmushga chiqish uchun malikalikdan voz kechdi

  • 19 may 2017, 18:01
  • 6 535
  • Dunyo
  • Yaponiya imperatorining nabirasi turmushga chiqish uchun malikalikdan voz kechdi
    Yaponiya imperatori xonadoni malika Mako Akisino unashtirilayotganini ma’lum qildi, deb yozmoqda Hilol.uz ashri. U imperator Akixitoning to‘ng‘ich o‘g‘li Akisinoning qizidir.

    25 yoshli malika yuridik firmasining xodimi Key Komuroga turmushga chiqyapti. Ular besh yil muqaddam, universitetda o‘qib yurgan paytda tanishishgan.

    Bo‘lg‘usi kuyov aslzodalar oilasidan bo‘lmagani tufayli to‘ydan keyin Mako Akisino malikalik unvonidan mahrum bo‘ladi.

    Qonunlarga muvofiq unga davlat tomonidan bir martalik to‘lov to‘lanadi. To‘lov miqdorini esa Bosh vazir ishtirokidagi davlat kengashi hal qiladi.

    2005 yilda imperator Akixitoning qizi Sayako Kuroda oddiy odamga turmushga chiqqanida, 150 million iena (1,3 million dollar) olgan edi.

    2014 yilda esa imperatorning jiyani – malika Noriko Senge ham oddiy oilaga kelin bo‘ldi va 100 million iena (870 ming dollar) oldi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Yaponiya imperatorining nabirasi turmushga chiqish uchun malikalikdan voz kechdi