Isroil va Falastin hududini tutashtirib turuvchi turli erosti tunnellarni yo‘q qilish uchun Isroil hukumati chegara-devorini qurishni e’lon qilgan edi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Davom etayotgan loyiha davomida Hamas guruhi va Isroil hukumati o‘rtasida jiddiy to‘qnashuvlar yuzaga kelmoqda. Seshanba kuni Hamas tomonidan uchirilgan raketalarga javoban bir kun o‘tib, yahudiy harbiylari ham G‘azoga havo zarbalarini berdi. Oqibatda olti nafar falastinlik jarohatlandi, deb xabar bergan lagerda faoliyat olib borayotgan shifokorlar.
Bugun, 10 avgust kuni Isroil tomoni Hamasni devor qurilishida xalaqit qilmaslikka chaqirilgan bilan rasmiy bayonot berdi.
Joriy yilning sentyabr oyida qurilishi boshlanishi rejalashtirilgan devor uzunligi 60 km bo‘lib, eng so‘nggi zamonaviy sensor texnologiyalari bilan jihozlanadi. Mutaxassislarning aytishicha, loyihaning umumiy qiymati 1,1 milliard AQSh dollariga teng, u kelgusi ikki yil davomida qurib bitkazilishi belgilangan.
Bundan avval, Turkiya o‘zining Eron bilan chegara hududida hamda AQSh qo‘shnisi Meksika bilan chegara-devorini qurishni e’lon qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi