19:55 / 17.11.2017
6 491

Saudiya Arabistonida pora evaziga ozodlik taklif etildi

Saudiya Arabistonida pora evaziga ozodlik taklif etildi
Noyabr oyi boshida Saudiya Arabistonida Korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tashkil etilib, ommaviy ravishda shahzodalar va mansabdorlar qo‘lga olinganini xabar bergan edik. Bu hodisa dunyo OAVlari e’tiborini tortdi. Sababi, korrupsiyaga qarshi kurashish kampaniyasi ortida taxt uchun kurash masalasi borligi oydinlashdi.

Saudiya Arabistoni shahzodalarda to‘xtab qolmadi, navbat malikalarga ham yetib keldi. Malika Rim bint al-Volid ibn Talal ham hibsga olingani haqida xabar bergan edik.

Saudiya Arabistonida vaziyat keskinlashishda davom etmoqda. So‘nggi xabarlarga qaraganda, mamlakatda qirollik oilasiga o‘z boyliklarining bir qismini ozodlikka almashtirish taklifi bildirildi. Hukumat shu tariqa davlat g‘aznasini 100 milliard dollarga to‘ldirish istagida.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Ritz-Carlton” mehmonxonasidagi qirollik oila a’zolari bilan munozaralar olib borilmoqda.

Qo‘lga olingan milliarderlardan biriga korrupsion mojarodan ko‘rilgan zararni qoplash uchun 70 foiz boyligini davlat hisobiga o‘tkazish evaziga ozodlik taklif etishgan.

Qo‘lga olingan shahzodalar nafaqat korrupsion mojarolarda, balki qurol-yarog‘ savdosi, pullarni o‘zlashtirish kabi jinoyatlarda ham ayblangan. Qizig‘i shundaki, ular qamoqda emas, 5 yulduzli mehmonxonalarda saqlanayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistonida pora evaziga ozodlik taklif etildi