Ramzon Qodirov Checheniston rahbari lavozimidan ketishga tayyorligini, chunki buning “vaqti keldi” deb hisoblashini aytdi.
“Rossiya 1” kanalida efirga uzatiluvchi “Deystvuyuщiye litsa s Nailey Asker-zade” (Noila Asqar-zoda bilan ishtirokchi shaxslar) dasturi efirida Chechenistonga 2007 yildan rahbarlik qilib keluvchi Qodirovdan u o‘z lavozimidan ketishga tayyorligi haqida so‘raldi.
“Bu mening orzuim desa ham bo‘ladi. Hududning rahbari bo‘lish va xalq, respublika uchun Tangri, davlat rahbariyati va xalq oldida javobgarlikka ega bo‘lish – bu murakkab ishdir”, deb javob qaytargan Qodirov.
Uning tushuntirishicha, har bir xato uchun “bu dunyoda ham, u dunyoda ham javob berishga to‘g‘ri keladi”. “Men charchadim yoki xizmat qilishni istamayapman, deya olmayman. Men shunchaki ketish vaqti keldi, deb hisoblayman. Men kabilar jang qilish, tartib o‘rnatish uchun bir vaqtlar kerak bo‘lgan. Bugun esa bizda osoyishtalik, Rossiyada, jamiyatda bizni hurmat qilish, tushunish bor. Birinchi navbatda, bizni Rossiya fuqarolari sifatida tan olmoqdalar. Bizda Checheniston Respublikasida ham o‘zgarishlar qilish vaqti keldi, deb hisoblayman”, deb so‘zlarini davom ettirgan Qodirov.
Qodirov o‘zining ehtimoliy vorisi haqidagi savolga “buni davlat rahbariyati, xalq hal qilishini” aytgan.
“Agar mendan kimni istardingiz deb so‘rasalar, bu eng yuqori darajadagi majburiyatlarni 100 foizga bajara oladigan bir necha kishi bor, deb ayta olaman. U yog‘i qanday hal qilishlariga bog‘liq. Biz taxmin qilamiz, u yerda esa hal qilishadi”, deb so‘zlarini intiholagan Qodirov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi