20:03 / 21.12.2017
6 287

Kreml: AQShda Ramzon Qodirovlar yo‘q...

Kreml: AQShda Ramzon Qodirovlar yo‘q...
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Kreml yangi «Magnitskiy sanksiya ro‘yxati»ga qo‘shilishmaydi, hamda shunga mos javob choralari ko‘rishga va’da berishgan. Bu haqda Kun nashri xabar qilmoqda.

«Biz bu sanksiyalarni noqonuniy, nodo‘stona deb hisoblaymiz, ularga qo‘shilmaymiz. Katta ehtimol bilan shuni taxmin qilishim mumkinki, albatta, javob choralari prinsipiga rioya etiladi», - deya aytib o‘tgan Peskov.

Peskov Amerika tomonidan kim «Qodirovga teng bo‘lishi» hamda Rossiyaning javob sanksiyalari ob’ektiga aylanishi mumkinligi haqidagi savolga shunday javob qaytardi: «Ularda bunday odamlar juda kam».

Avvalroq Checheniston rahbari Ramzon Qodirov AQSh moliya vazirligining sanksiyalar qo‘llanishiga sabab bo‘luvchi «Magnitskiy ro‘yxati»ga kiritilgani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kreml: AQShda Ramzon Qodirovlar yo‘q...