Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Shimoliy Koreyani yadro qurolidan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
"Biz aynan yadro qurolidan voz kechib, mustaqil davlatimizni yaratdik va mustahkamladik, uning xalqaro nufuziga erishdik. Biz barcha boshqa davlatlarni ham o‘zimizga o‘xshashga chaqiramiz, Eronga ham bu borada murojaat bilan chiqqanmiz. Hozir esa Shimoliy Koreyaga aytmoqchimiz. Kuch bu yadro bombalari va raketalarda emas. Dunyoda ularning soni juda ko‘p, bu haqiqiy himoya sanalmaydi. Himoya jahon hamjamiyatining ishonchidir", - deya aytib o‘tdi Nursulton Nazarboyev BMT XK yig‘ilishida.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston 1 yanvardan BMT Xavfsizlik Kengashida raislik qila boshladi. Ushbu mamlakat Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga saylangan Markaziy Osiyodagi ilk davlatga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi