Germaniyaga yopirilgan “Friderike” dovuli vaqtida Dyusseldorf aeroportiga yo‘lovchi samolyotining qo‘ndirilishi internet foydalanuvchilarini ham biroz tashvishlantirdi, ham lol qoldirdi. Ushbu holat videosi YouTube’da joylashtirildi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Videoga qoldirilgan izohda ta’kidlanishicha, Bolonyadan kelayotgan Eurowings aviakompaniyasi samolyoti aeroportga kirib kelayotganda shamol tezligi 110 km/soatgacha yetgan. Uchuvchi samolyotni bunday ekstremal sharoitlarda hattoki ikkinchi aylanani bajarmay, bir urinishda qo‘ndira olgan. Videoda samolyot kuchli shamol sababli chayqalayotganini ko‘rish mumkin.
Videoga qoldirilgan izohlarda foydalanuvchilar uchuvchining mahoratiga yuqori baho berishgan.
“Uchuvchi oldida shlyapamizni yechamiz”, deb yozgan bir foydalanuvchi.
Yana bir foydalanuvchi “Yaxshi ish. Umid qilamanki, uni taqdirlashadi”, deb fikr bildirgan.
Ba’zi foydalanuvchilar esa rolikni tomosha qilish vaqtida qo‘rquvdan o‘zlarini yomon his qilganlarini tan olishgan.
“Birgina videoning o‘zidan oyoqlarim qaltirab, badanimni muzdek ter bosdi”, deb aytgan bir foydalanuvchi.
“Jin ursin, yo‘q! Men turbulentlikka tushganmanu, biroq bunisi... Bu video dahshat”, deb izoh qoldirgan yana bir foydalanuvchi.
18 yanvarda Germaniyada “Friderike” dovuli sababli trevoganing qizil darajasi e’lon qilingandi. Tog‘li hududlarda shamol tezligi 200 km/soatdan ko‘proqqa yetgan. Dovul 200dan ko‘proq temir yo‘l izlariga shikast yetkazgan. Ma’lum qilinishicha, ushbu dovul Germaniyaga 2007 yilda yopirilgan “Kirill” dovulidan keyin kuchliligi bo‘yicha 2-raqamlisi bo‘ldi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi