17:50 / 03.02.2018
5 863

Dushanbeda Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlarning muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Dushanbeda Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlarning muzokaralari bo‘lib o‘tdi
Dushanbeda Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iziston rahbari Sooronbay Jeenbekov 1 fevral kuni rasmiy tashrif bilan Tojikiston Respublikasiga keldi, deb yozmoqda «Tnews.uz» sayti.

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning Tojikistonga rasmiy tashrifi mobaynida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan 8ta qo‘shma hujjat imzolandi. Tomonlar delimitatsiya va demarkatsiya bo‘yicha hukumatlararo komissiyasi doirasida hal qilinmagan chegaralar masalasidagi ishlarni davom ettirishga kelishib olishdi.

Emomali Rahmon va Sooronbay Jeenbekov yirik mintaqaviy loyiha bo‘lmish Markaziy va Janubiy Osiyo energetika bozorini birlashtiruvchi — KASA-1000ni rivojlantirish bo‘yicha birgalikda sa’y-harakatlarni davom ettirish lozimligini ta’kidlashdi.

«Qirg‘iziston va Tojikistonni mustahkam do‘stlik bog‘lab turadi. Biz ikki tomonlama munosabatlarning barcha masalalari bo‘yicha fikr almashdik, uzoq muddatli hamkorlik bo‘yicha yangi vazifalarni ko‘rib chiqdik, xalqaro kun tartibidagi dolzarb mavzularni ko‘tardik», — deya bayonot berdi Sooronbay Jeenbekov tojikistonlik hamkasbi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida.

Jeenbekov ikki kunlik tashrifi doirasida Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va Tojikiston parlamenti quyi palatasi spikeri Shukurjon Zuhurov bilan ham uchrashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dushanbeda Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlarning muzokaralari bo‘lib o‘tdi