Avvalroq, Dog‘istonning Qizlyor shahrida mahalliy fuqaroning odamlarga hujum qilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Dog‘iston fuqarsi Rasul Temirbekov ovchilik qurolidan “Qishni kuzatish bayrami” (Maslenitsa)ni nishonlash uchun cherkovga yig‘ilgan odamlarga qarata o‘q uzgan.
Bo‘lib o‘tgan hodisaga Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Telegram kanalida izoh bergan.
“U shaxsning hech bir dinga bog‘liqlik joyi yo‘q. E’tiqodli odam hech qachon begunoh odamlar jonini olmaydi.
Bu jinoyatchi, qotilni qattiqqo‘lik bilan javobgarlikka tortish kerak. O‘ylashimcha, kim va nima maqsadda uni qo‘liga qurol olishga va odamlarni otishga undaganini aniqlash lozim. U bilan bog‘liq bo‘lganlar, u kabi jazoga mahkumdirlar.
Ishonch bilan aytish mumkin-ki, o‘sha jinoyatchi va uni o‘z panohiga olgan kimsalar islom bilan hech qanday aloqalari yo‘q. Shimoliy Kavkaz har doim nasroniylar va musulmonlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlik va o‘zaro bir birini tushinish bilan ajralib turgan! Biz bugun ham Rossiya dushmanlari va gij-gijlovchilarining istalgan urinishlariga qarshi turishimiz shart”, deb izoh bergan Ramzan Qodirov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?
Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi
Rossiya qo‘shinlari Umanskoye qishlog‘ida SSSR bayrog‘ini o‘rnatdi
Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi