AQShda Rossiyaning gipertovushli quroliga qarshi qo‘yish uchun hech narsa yo‘q. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari strategik qo‘mondonligi raisi general Jon Xayten Amerika senatining qurolli kuchlar qo‘mitasidagi eshituvlar chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozadi «Daryo».
General AQSh bevosita gipertovushli quroldan himoya vositasiga ega emas, deb fikr bildirdi.
«Bizda o‘zimizga qarshi bunday qurol qo‘llanilishining oldini olish mumkin bo‘lgan hech qanaqa himoya yo‘q», — dedi u.
Ayni vaqtda u AQShning bunday turdagi qurol-yarog‘dan yagona himoyasi «yadroli qasos haqidagi tahdid» ekanligini aytdi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga yo‘llagan murojaatida «Xanjar» yuqori aniqlikdagi gipertovushli aviatsiya-raketa majmuasi tajribaviy-jangovar navbatchilikni qabul qilib olganini ma’lum qilgandi.
Keyinroq AQSh qurolli kuchlari strategik qo‘mondonligi boshlig‘i Jon Xayten AQSh gipertovushli qurolga qarshi turish uchun bazasi orbitada bo‘lgan radarlar tizimini rivojlantirishi kerakligini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi