23:18 / 21.03.2018
4 297

Kim Chen In Putinni prezidentlik saylovida qozongan g‘alabasi bilan qutladi

Kim Chen In Putinni prezidentlik saylovida qozongan g‘alabasi bilan qutladi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya prezidenti Vladimir Putinga 18 mart kuni bo‘lib o‘tgan davlat rahbari saylovida erishgan g‘alabasi munosabati bilan tabrik telegrammasi yo‘lladi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

«Koreya va Rossiya o‘rtasida qadim tarixga ega bo‘lgan do‘stlik va hamkorlik kelgusida yanada rivoj topishiga ishonch bildiraman. Qudratli Rossiyani barpo etishdagi ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman», — deyiladi tabrik matnida.

Kim Chen In Putinning prezidentlik lavozimiga qayta saylanishi rossiyaliklarning katta ishonchi va qo‘llab-quvvatlashidan dalolat berishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh prezidenti Donald Tramp Putinni prezidentlik saylovida erishgan g‘alabasi bilan tabriklagani ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In Putinni prezidentlik saylovida qozongan g‘alabasi bilan qutladi