09:18 / 25.03.2018
4 028

Nyu-Yorkda 150 mingga yaqin odam qurol sotuviga qarshi ommaviy namoyishga chiqdi

Nyu-Yorkda 150 mingga yaqin odam qurol sotuviga qarshi ommaviy namoyishga chiqdi
Foto: “Reuters”
Kecha, 24 mart kuni 150 mingga yaqin kishi qurol savdosiga qarshilik sifatida Nyu-York ko‘chalariga namoyishga chiqdi. Norozilar orasida AQSHning eng yirik shahrining meri demokrat Bill De Blazio ham bor. Bu haqida “RIA Novosti”ga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

“Bugun Nyu-Yorkda deyarli 150 ming kishi tinchlik uchun ko‘chaga chiqdi”, — deb yozgan De Blazio o‘zining “Twitter”dagi sahifasida.

Vashington, Nyu-York, Boston, Chikago, Xyuston, shuningdek, 14 fevral kuni sobiq o‘quvchi o‘qituvchi va o‘quvchilarga qarata o‘q uzib 17 kishining hayotiga zomin bo‘lgan Florida shtatidagi Parklend shahrida ham bo‘lib o‘tgan “Hayotimiz uchun yurish”(“March for our lives”) aksiyasida minglab kishilar qatnashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkda 150 mingga yaqin odam qurol sotuviga qarshi ommaviy namoyishga chiqdi