06:48 / 07.05.2018
3 956

Rossiyaning markaziy shaharlarida hukumat rahbariyatiga qarshi tashkil etilgan aksiyalar ishtirokchilari ommaviy tarzda qo‘lga olinmoqda

Rossiyaning markaziy shaharlarida hukumat rahbariyatiga qarshi tashkil etilgan aksiyalar ishtirokchilari ommaviy tarzda qo‘lga olinmoqda
9 may bayrami arafasida Rossiyadagi ko‘zga ko‘ringan shaharlarda muxolifatchi Aleksey Navalnыy ko‘p ming kishilik norozilik aksiyalarini tashkil etgan. Namoyishchilar amaldagi prezident Vladimir Putin yuritayotgan siyosatga qarshiligini «U bizga podshoh emas» qabilidagi shiorlar bitilgan plakatlar orqali oshkor etmoqda, deb yozadi Tnews.uz sayti.

Rasmiy xabarlarda ko‘rsatilishicha, Rossiya politsiyachilari shu paytga qadar Moskvada 572, Sankt-Peterburgda 180, Chelyabinskda 164, Yoqutistonda 75, Tolyattida 63, Krasnodarda 48, Astraxanda 45, Krasnoyarskda 45, Kalugada 25, Novokuznetskda 27, Belgorodda 20, Samarada 19 kishini qo‘lga olgan. Politsiya vakillari tartibsizlik sodir etishga uringan namoyishchilarni shafqatsiz jazolashdan ham tiyilishmayapti. Aytishlariga qaraganda, qo‘lga olish operatsiyasi paytida shunchaki yo‘ldan o‘tib ketayotgan o‘tkinchi ular nazariga tushsa, uni ham avtozak mashinalariga yuklab ichki ishlar bo‘lim yoki boshqarmalariga olib ketilgan holatlar kuzatildi.

Darvoqe, Moskvada ushbu aksiyalar muallifi muxolifatchi Aleksey Navalnыyning o‘zini ham politsiya xodimlari kuch ishlatgan holda qo‘lga olib, kameraga qamashganligi haqida ma’lumot tarqatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning markaziy shaharlarida hukumat rahbariyatiga qarshi tashkil etilgan aksiyalar ishtirokchilari ommaviy tarzda qo‘lga olinmoqda