Foto:«Islam-today.ru»
«La Parisien» gazetasida chop etilgan e’londa zo‘ravonlik va yahudiy dushmanligini targ‘ib qilgani uchun ayrim oyatlarni Qur’oni karimdan chiqarib tashlash yuzasidan bildirilgan takliflar jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘layapti. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabariga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.
Fransiyada sobiq prezident Nikolas Sarkozi, sobiq uch vazir hamda yahudiy va xristian jamoati vakillari, yozuvchilardan iborat jami 300 kishining imzosi bilan chop etilgan takliflarni Fransiya islom kengashi (CFCM) boshlig‘i Ahmad O‘g‘rash jiddiy tanqid qildi.
«Inkvizitsiya (xristianlikka qarshi kurashish) davrida aynan musulmonlar Qur’oni karim oyatlariga tayanib Yevropani qutqarishgan. Nahotki, bu tarixiy haqiqat ayrim mulozimlarning esidan chiqqan bo‘lsa?!», – degan Ahmad O‘g‘rash.
Fransiya musulmonlari kengashi bosh kotibi Muhammad Bajrafil ham: «Bu holat musulmonlarga qarshi qaratilgan. U hurmat va e’tibordan mutlaqo yiroq», – degan.
Ayrim musulmon siyosatchilar Fransiyaning bu xatti-harakatini IShID terrorchi guruhi a’zolarining qiliqlariga o‘xshatishmoqda. Xudkushlar ham Qur’oni karim oyatlarini o‘zgartirmoqchi bo‘lishgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi