5 082
Lo‘li «kinna chiqaraman deb» o‘zbekistonlik ayolning 800 dollarlik taqinchoqlarini olib qo‘ydi
2 may, chorshanba kuni Sankt-Peterburgning Krasnoselskiy tumanidagi Gorelovo qishlog‘ida firibgar lo‘li ayol o‘zbekistonlik ayolni aldab 50 ming rubl (qariyb 800 dollar) pulini oldi, deb yozadi Sputnik'ga tayanib Hordiq nashri.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, firibgar ko‘chada 32 yoshli ayolni to‘xtatib, «kinna chiqarish»ni taklif qilgan. U «tekkan ko‘zni olib tashlash» uchun xususiy firmada bosh buxgalter bo‘lib ishlovchi o‘zbekistonlik ayoldan unga barcha qimmatbaho taqinchoqlarini berishni talab qilgan. Lo‘li 35 santimetrlik tilla zanjir, tilla kulon va tilla ziraklarni olib, ro‘molga tuggan va «duo»larni pichirlab o‘qigan. So‘ng bo‘m-bo‘sh ro‘molni qaytargan. Jami zarar 51 ming rublni tashkil qilgan.
Jabrlanuvchi voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlariga jinoyatchini tasvirlab berdi. Ayni paytda tekshiruv o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi