15:25 / 13.05.2018
5 283

AQShda bog‘cha bolasi toshbo‘ron qilindi

AQShda bog‘cha bolasi toshbo‘ron qilindi
AQShda bir bog‘cha tarbiyachisi 4 yoshli bolani jazolash uchun uni tengqurlariga toshbo‘ron qildirdi. Bu haqda «Hurriyet»ga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

Bu voqea Arkanzas shtatida sodir bo‘ldi. To‘polon qilgan bolaga tarbiyachining jazo berish maqsadida qo‘llagan usuli odamiylikdan mutlaqo yiroq.

To‘rt yoshli bolani 6 nafar tengquri tarbiyachi bergan toshlar bilan toshbo‘ron qilgan. Bu jarayon boshqa tarbiyachilar tomonidan maxfiy ravishda qo‘l telefoni orqali tasvirga tushirilib, politsiyaga berilgan.

Toshbag‘ir tarbiyachi ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda bog‘cha bolasi toshbo‘ron qilindi