Hindistonlik harbiy Mumbay vokzalida harakatlanayotgan poyezd tagida qolgan qizni qutqarib qoldi.
Tasvirlarda tezlashayotgan poyezd ortidan qizalog‘i bilan yugurib ketayotgan ayolni ko‘rish mumkin. Ona vagonga chiqib olishga ulguradi, biroq qo‘lini qo‘yib yuborgan farzandi vagon va platforma orasiga tushib ketadi. Bekatda o‘tirgan harbiy kishi esa vaziyatni zudlik bilan anglab, bolani poyezd tagidan chiqarib olgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra xaloskorning ismi sharifi Sachin Pol. U va qizaloq kichik jarohat olgan. Ularga vokzal tibbiyot xonasida o‘z vaqtida zarur yordam ko‘rsatilgan. Qizning otasi izoh berishicha, u oila a’zolaridan oldinda ketayotgani uchun nima sodir bo‘lganini ko‘rmagan. Qolaversa, rafiqasi ham Mumbayda birinchi marta bo‘lgani uchun poyezdlar bu qadar tezlikni oshiridan bexabar bo‘lgan. Nima bo‘lganda ham, u farzandini omon saqlab qolgan insondan bir umr minnatdor endi. Ushbu voqka aks etgan lavhani quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi