19:06 / 01.08.2018
4 132

Tramp “biror bir shartlarsiz” Eron prezidenti bilan uchrashishga tayyor

Tramp “biror bir shartlarsiz” Eron prezidenti bilan uchrashishga tayyor
AQSh Prezidenti Donald Tramp munosabatlarni yaxshilash yo‘llarini muhokamaa qilish maqsadida “biror bir shartlarsiz” Eron prezidenti Hasan Rouxani bilan uchrashiga tayyorligini bildirdi.

«Kimni lozim ko‘rsam o‘sha bilan uchrashaman, men uchrashuvlarga ishonaman», — dedi Tramp 30 iyul kuni Italiya bosh vaziri bilan bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida, u o‘z so‘ziga qo‘shimcha qilar ekan “urush va o‘lim, ochlik va boshqa narasalarni muhokama qilish imkoniyachti borasida boshqalar bilan suhbatlarga” ishonishini bildirdi.

Uchrashuv uchun qandaydir shart qo‘yasizmi, deya berilgan savolga, Tramp: «Biror bir dastlabki shartlar bo‘lmaydi. Agarda ular uchrashishni hohlaydigan bo‘lsa, men istalgan vaqtda, ular hohlagan vaqtda uchrashiga tayyorman», dedi. U so‘ziga qo‘shimcha qilar ekan bu “mamlakatlar uchun, ular uchun, biz uchun va butun dunyo uchun foydali” bo‘lishini ta’kidladi.

Eron rahbarlari Trampning taklifini birdaniga rad etganlari yo‘q, chunki bundan avval Trampning ikki mamlakat 2015 yilgi jahon mamlakatlari bilan erishilgan Eron yadroviy bitimini o‘rnini bosuvchi yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib borishi mumkinligi haqidagi taklifi bor edi. Ma’lumki, 2015 yilgi Bitimdan Tramp may oyida chiqishini e’lon qilgan edi. Rouxanining katta maslahatchisi Hamid Onalebi 31 iyul kuni bayonot berib muzokaralar uchun asosiy talab Qo‘shma Shtatlarning 2015 yilgi Bitimga qaytishi ekanligini ma’lum qildi.

«Eron millatining huquqlarni hurmat qilish, harbiy harakatlarni qisqartirish va yadro bitimiga qaytish Eron va Amerika o‘rtasidagi muzokoralarga qaytishda qo‘yiladigan qadamlar bo‘lishi kerak «, — deya bayonot berdi Onalebi tvitterda 31 iyul kuni. Eron yetakchilarining po‘pisalariga qaramay Tramp so‘nggi haftalarda bir necha bor Vashington va Tehron o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish taklifi bilan chiqdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp “biror bir shartlarsiz” Eron prezidenti bilan uchrashishga tayyor