4 141
Tojikiston hukumati va muxolifati vakillari YEXHT yigʻilishida mushtlashib ketishdi (video)
Varshavada Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining inson huquqlari boʻyicha yigʻilishi doirasida Tojikiston delegatsiyasining aʼzolari va Tojikiston muxolifati tarafdorlari oʻrtasida mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Tojikiston muxolifati vakili Orzu Sulaymoniy yigʻilish oʻtkazilgan mehmonxonadan chiqib, ushbu davlatdan kelgan rasmiy delegatsiya vakili bilan munozaraga kirishmoqchi boʻlgan.
Uning soʻzlariga koʻra, u Tojikiston Islomiy uygʻonish partiyasi sobiq aʼzosi Ayomiddin Sattorov bilan suratga tushishni xohlagan.
Rasmiy Dushanbe vakili avvaliga raqibining yuziga musht tushirgan, soʻng oyogʻi bilan zarba bergan. Mushtlashuv mehmonxona xodimlari tomonidan tezda toʻxtatildi.
YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosidan xabar berishlaricha, ayni vaqtda vaziyatni oʻrganib chiqishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi