12:27 / 27.10.2018
3 792

Dunyoning eng badavlat odamlarining umumiy boyligi hisoblab chiqildi

Dunyoning eng badavlat odamlarining umumiy boyligi hisoblab chiqildi
2017 yilda butun dunyodagi milliarderlarning umumiy boyligi butun tarix davomidagi maksimal o‘sishni ko‘rsatdi. Bu haqda UBS va PwC Billionaires Report 2018 tadqiqotida ma’lum qilingan.

O‘tgan yil davomida milliarderlarning umumiy kapitali 19 foizga ko‘payib, 8,9 trln dollarga yetgan. Bu butun tadqiqotlar tarixidagi eng katta o‘sish bo‘ldi. Bu o‘sishning deyarli uchdan bir qismi 332 nafar yangi milliarder paydo bo‘lgani hisobiga shakllangan. Ayni vaqtda milliarderlar ro‘yxatidan 2158 kishi joy olgan.

Hammadan tezroq xitoylik milliarderning boyligi ko‘paygan. O‘tgan yil davomida ularning boyligi 38 foizga ko‘payib, 1,12 trln dollarga yetgan.

Eng ko‘p milliarderlar hamon AQShda bo‘lib, ularning soni 585 nafarni tashkil qilmoqda. Bir yil ichida AQShda 22 nafar yangi milliarder paydo bo‘lgan, barcha amerikalik milliarderlarning umumiy boyligi 12 foizga ko‘payib, 3,1 trln dollargacha yetgan. G‘arbiy Yevropadagi milliarderlar soni 397 nafardan 414 nafargacha (+4 foiz), ularning umumiy boyligi esa 1,568 trlndan 1,87 trln dollargacha (+19 foiz) ko‘paygan.

Rossiyada bir yil ichida milliarderlar soni 5 nafarga ko‘payib, 101 nafarga yetgan. Ularning umumiy kapitali 6 foizga oshib, 409,3 mlrd dollarga yetgan.

Tadqiqotda ta’kidlanishicha, yaqin orada milliarderlarning boyligi global qayta taqsimlanishi mumkin. Gap shundaki, 700 dan ko‘proq milliarderning yoshi 70 dan oshgan va shu sababli yaqin 20 yil ichida meros bo‘yicha 3,4 trln dollar boshqa kishilarga o‘tishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng badavlat odamlarining umumiy boyligi hisoblab chiqildi