AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, kongress yordami bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida tug‘ilganlik bo‘yicha fuqarolikni bekor qilish niyatida. Trampning so‘zlari RIA «Novosti» tomonidan keltirilgan.
Amerika prezidentining aytishicha, «iste’dodli huquqshunoslar» bilan uchrashgandan so‘ng, o‘z farmoni bilan bu qonunni bekor qilish imkoniyati borligiga ishonch hosil qildi. Biroq, Trampning ta’kidlashicha, kongressdagi ovoz berish jarayonida ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘lsa, bu Qo‘shma Shtatlarda tug‘ilganlik bo‘yicha fuqarolikni bekor qilish uchun yetarli bo‘lishi mumkin.
«Men buni kongress orqali qilgan bo‘lardim, sababi bu doimiy qarorga aylanadi», - deya xulosa qildi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Tramp tug‘ilish huquqi bo‘yicha fuqarolikni bekor qilishi haqida xabar bergandi.
AQSh prezidenti Donald Tramp fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritish niyatida, unga ko‘ra Qo‘shma Shtatlar hududida tug‘ilgan migrantlar farzandlari bundan buyon Amerika fuqaroligini olishmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi