Xalqaro olimlar guruhining aniqlashicha, Sharqiy Antarktida ostida geotermal energiya manbasi bor, u muz qatlami erishiga hissa qo‘shishi mumkin. Issiqlik kelishining sababi hozircha noma’lum. Bu haqida Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Uch kilometrlik muz qatlami ostida kechayotgan jarayonlarni aniqlashga imkon bergan radiolokatsion zondlash natijalarining ko‘rsatishicha, bu yerdagi muz pastdan tepaga qarab erimoqda, erigan suv muz ostidagi ko‘llarga borib tushmoqda. Erish jarayoni minglab yoki millionlab yillar mobaynida davom etishi mumkin, u muz qatlami yo‘qolishiga ta’sir qilmaydi. Biroq, kelajakda bu jarayon mintaqani global isish ta’sirlariga nisbatan sezgirroq qilishi mumkin.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, issiqlik manbalari radioaktiv jinslar va yer qobig‘i tubidan chiqayotgan issiq suv hisoblanadi. Ammo, bu hodisa aniq sababini aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar kerak. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi