22:57 / 27.11.2018
4 784

Putin Alisher Usmonov va uning rafiqasini orden bilan taqdirladi (foto)

Putin Alisher Usmonov va uning rafiqasini orden bilan taqdirladi (foto)
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27 noyabr kuni Kremlda sport va madaniyat arboblariga davlat mukofotlarini topshirdi, deb xabar berdi Kreml matbuot xizmati.

Taqdirlanganlar orasida o‘zbekistonlik tadbirkor Alisher Usmonov va uning rafiqasi Irina Viner-Usmanova ham bor.

Alisher Usmonov va Irina Viner-Usmonova “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” III va II darajali ordenlari bilan taqdirlandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Viner-Usmonovaning badiiy gimnastika bo‘yicha Rossiya terma jamoasi oldidagi xizmatlarini alohida ta’kidlab o‘tdi. Irina Viner-Usmonova badiiy gimnastika bo‘yicha Rossiya terma jamoasining bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi.

Bundan tashqari, artistlar Inna Churikova va Aleksandr Zbruyev, qo‘shiqchi Lev Leshenko va sport murabbiyi Oleg Znarok davlat mukofotiga sazovor bo‘lishgan. Kosmonavt-sinovchi Sergey Rijikovga Rossiya faxrli uchuvchi-kosmonavti va Rossiya qahramoni unvoni berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Alisher Usmonov va uning rafiqasini orden bilan taqdirladi (foto)