Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinda Rossiya imperiyasini tiklash va Ukrainani egallab olish istagi mavjudligini aytdi. Bu haqda u Germaniyaning Bild nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Putin avvalgi Rossiya imperiyasini qaytarmoqchi. Qrim, Donbassni, u butun mamlakatni qaytarib olishni istaydi. U o‘zini Rossiya imperatori sifatida ko‘radi, uning imperiyasi Ukrainasiz ishlashi mumkin emas, deb hisoblaydi. U bizni koloniya deb biladi», - dedi Poroshenko. Poroshenko mamlakatni 2014 yilda boshqara boshlaganidan beri, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Rossiyaning mustamlakasi bo‘lishdan to‘xtadi.
Poroshenkoning tushuntirishicha, Ukrainani himoya qilishi kerak. Aynan shuning uchun, uning so‘zlariga ko‘ra, Kerch bo‘g‘ozidagi hodisadan so‘ng harbiy holat joriy etdi. «2014 yilda bo‘lgani kabi, Putin Ukrainaning yana bir qismini qo‘shib olmoqchi, u o‘zini xuddi o‘shandagiday tutmoqda», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi prezident.
Bundan tashqari, Pyotr Poroshenkoning umid bildirishicha, NATO davlatlari Ukrainaga yordam berish va mintaqada xavfsizlikni ta’minlash uchun Azov dengiziga o‘z harbiy kemalarini yuboradi. Kreml Ukraina prezidentining bunday bayonotini provokatsiya, deb atadi. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Poroshenko so‘zlariga prezidentlik saylovlari arafasidagi ichki siyosiy manfaatlar, deb izoh berdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda