20:26 / 06.05.2024
92

Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi

Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi
Foto: Anadolu Ajansı
Belgiya Yevropa Ittifoqi muhokamasiga Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini kiritdi. Bugun, 6 may kuni Belgiya bosh vaziri Aleksandr de Kro shunday bayonot berdi.

«Biz endi Isroildan shunchaki savdodagi sherik sifatida foydalanishda davom eta olamizmi? Menimcha, yo‘q. «Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz» degan balandparvoz gaplar ortiqcha, shunchaki bir chetda turishimiz mumkin emas», — dedi u HLN telekanaliga intervyusida.

De Kro aytishicha, Belgiya hukumati bir necha hafta avval Isroilga qarshi sanksiyalar qo‘llash qaroriga kelgan. Biroq bir davlatning o‘zi cheklov kiritsa foydasiz, savdo yo‘llari o‘zgarib ketaveradi. Shu sababli ayni paytda muammoni yechish imkoniyatlari boshqa mamlakatlar bilan birga muhokama qilinmoqda.

«Yevroittifoqning Isroil bilan kelishuvida inson huquqlari bilan bog‘liq shartlar bor. Biz (YEI diplomatiyasi rahbari) Jozep Borreldan ushbu jihatini o‘rganishni so‘radik», — Aleksandr de Krodan iqtibos keltirdi Le Soir nashri.

Eslatib o‘tamiz, 2 may kuni Turkiya savdo vazirligi Isroil bilan eksport-import amaliyotlari to‘xtatilganini e’lon qilgandi. Ushbu cheklov Isroil G‘azoda o‘t ochishni uzil-kesil to‘xtatsa va hududga muntazam insonparvarlik yordami kiritilishi yo‘l qo‘yilsa bekor qilinishi aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi