20:58 / 08.05.2024
163

Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi

Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi
Foto: Topwar.ru
Isroil havo kuchlari 8 may kuni Livan janubidagi obyektlarga 30 dan ortiq havo zarbalari bergan. Bu haqda Topwar manbasi xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Isroil 8 may kuni tush paytidan beri Livan janubini faol tarzda bombardimon qilishni davom ettirmoqda. Bir qism aholi evakuatsiya qilingan.

Livan rasmiylari xabariga ko‘ra, mamlakatning janubiy hududlari, xususan, Marvaxin va Ayti ash-Shab aholi punktlari Isroil armiyasi tomonidan havo hujumlariga uchragan. Qurbonlar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.

Tel-Aviv tomonidan uchirilgan kamida 30 ta raketa nishonlarni muvaffaqiyatli urgan. Al Mayadeen nashri hujumlar to‘laligicha “Hizbulloh” harbiy inshootlariga qarshi qaratilganini yozgan.

Isroil shimolida 10 ga yaqin qiruvchi samolyot faol portlashlar uyushtirayotgani xabar qilingan. “Hizbulloh”ning qarshi hujumi ehtimoli sabab shimoliy Isroildagi harbiy bazalarda xavfsizlik chora-tadbirlari kuchaytirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi