
Foto: RIA Novosti
RIA "Novosti" axborot agentligi va "MIR 24" davlatlararo telekanali O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro sayyohlar oqimi pandemiyadan oldingi darajasiga yetganini ma’lum qildi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, nashrlarda O‘zbekistonning turli shaharlarini tanlagan rossiyalik sayohatchilar soni so‘nggi o‘n yil ichida to‘rt barobarga, ya’ni yiliga 403 ming kishiga oshgani qayd etilgan.
"Ayni paytda o‘zbekistonlik sayyohlarning Rossiyaga qiziqishi ham ortgan. Shu tariqa, o‘tgan yili 800 mingdan ziyod o‘zbekistonliklar Rossiyaga sayohat qilish maqsadida kelgan. Bu 2022 yilga nisbatan ikki barobar ko‘pdir", — deyiladi maqolalarda.
Ta’kidlanishicha, rus sayyohlarini mamlakatlar o‘rtasida til to‘sig‘ining yo‘qligi ham O‘zbekistonga borishga undamoqda. Bundan tashqari, O‘zbekistonga sayohat chog‘ida YUNЕSKOning umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan arxitektura durdonalari bilan tanishish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar