20:53 / 08.05.2024
382

Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi

Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi
Foto: Getty Images
Litva parlamenti Ukraina askarlarini tayyorlash uchun mamlakat qo‘shinlarini Ukrainaga yuborishga ruxsat berdi. Bu haqda Litva bosh vaziri Ingrida Shimonite xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Vilnyusning bunday harakatini provokatsiya deb bilishi mumkin, ammo Litva rasmiylari bunga e’tibor qaratmoqchi emas.

"Agar biz Rossiyaning javobi haqida o‘ylasak, hech narsa jo‘natolmasdik. Har ikkinchi haftada kimdir yadroviy hujumga duchor bo‘lganini eshitamiz", — deya qo‘shimcha qilgan Shimonite.

Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga qo‘shin yuborishni istisno qilmagan edi. Shundan so‘ng G‘arbda yuzaga kelgan munozaralar fonida Litva bu boradagi “qizil chiziqlar” bekor qilinganini e’lon qilgan.

Litva bosh vaziri Makronni qo‘llab-quvvatlab, u “strategik noaniqlik” yaratayotganini ta’kidlagan: u Ukrainaga harbiylarni yuborish imkoniyatiga ishora qilgan, biroq aniq rejalar va muddatlarni ochiqlamagan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham mamlakatga G‘arb qo‘shinlarini kiritish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan. Unga ko‘ra, xorijlik harbiylar ukrain armiyasini o‘qitishi va jihozlarni ta’mirlashda yordam berishi mumkin. Shu bilan birga, u boshqa davlatlarning armiyalarini Ukrainaga harbiy harakatlarda qatnashish uchun ochiq taklif qila olmasligini ta’kidlagan.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi “yaqin kelajakda” taktik yadroviy zarba berish mashqlarini o‘tkazish niyati borligini e’lon qilgan. Kreml buni G‘arb davlatlarining Ukrainaga harbiy kontingent yuborish ehtimoli haqidagi bayonotlari bilan bevosita bog‘lagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi