Xitoy va Amerika aktyori Jeki Chan yaqinda o‘zidagi hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan chirkin jihatlarni oshkor etdi.
— Men hayotda yaxshi ota va yaxshi er bo‘la olmadim, — dedi u. — Ammo o‘g‘lim va xotinimga nisbatan o‘z majburiyatlarimni hamisha ado etib kelganman…
Hozirgi kunda 64 yoshni qarshilagan Jekin Channing aytishicha, o‘tmishidagi eng chirkin jihatlardan biri xotiniga xiyonatlari ekan. U ko‘z ochib ko‘rgan rafiqasi Joan Linga fohishalar bilan xiyonat qilarkan. Bundan tashqari, tez-tez aktrisa hamda sobiq «Osiyo go‘zali» Eleyn bilan ham tez-tez uchrashib turarkan.
O‘zini kechira olmaydigan ishlaridan biri shu ekanki, kunlarning birida xotini bilan janjallashib qolib hali chaqaloq hisoblangan o‘g‘li Jeysini u xonadan bu xonaga irg‘itib yuborgan ekan.
Yana o‘tmishda ayollarni ko‘rishga ko‘zi bo‘lmagan. Nuqul birinchi xotini u bilan katta pul topayotgani uchungina yashardi deb o‘ylarkan va shuning uchun olgan gonorarlarini undan berkitib yurarkan. Yana bir yomon ishlaridan biri Eleyn bilan uchrashib yurishini katta xato deb aytgandi. Vaholanki, o‘shanda Eleyn undan homilador bo‘lgan. Bu ham mayli. Birinchi muhabbati bilan birga vaqt o‘tkazishni jinidan yomon ko‘rarkan. Agar u uyda kutib o‘tirganini payqasa, shu kuni uyga qaytmas ekan. Qiziq, unda birovni sevishning nima ahamiyati bor? Shu ham muhabbatmi?..
Jekin Chan yaqin-yaqinlargacha ichkilikni keragidan o‘n barobar ko‘p iste’mol qilardi. Shuning dastidan ikki marta avtomobilida avtohalokatga uchrab, o‘limlardan qolgan. Mastlikda duch kelgan odamga qimmatbaho sovg‘alar ham ulashib yuboravergan. Xullas, o‘zini idora eta olmagan.
Unga eng alam qilgan voqea 19 yoshli qizi Etta U Chjolinning lesbiyanlar nikohiga kirib, model qizga uylanib olishi bo‘libdi. U hanuz qizini shu ishi uchun kechira olmas ekan.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi