22:48 / 18.12.2018
3 193

2019 yildan Rossiya neft eksporti bojini 1,5 baravar kamaytiradi

2019 yildan Rossiya neft eksporti bojini 1,5 baravar kamaytiradi
2019 yilning 1 yanvaridan Rossiya neft eksporti uchun boj to‘lovini 1,5 baravar kamaytirmoqchi. Yangi yildan boshlab boj to‘lovi bir tonna uchun 89 dollarni tashkil etadi, deb xabar bermoqda Turon24 AA.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, eksport boji bir tonna uchun 135,1 dollarni tashkil etadi.

Shuningdek, 1 yanvardan boshlab boshqa energiya tashuvchilar uchun boj to‘lovi ham kamaytiriladi.

Benzin eksporti uchun boj to‘lovi bir tonna uchun 40,5 dollardan 26,7 tonnaga kamaytiriladi, suyultirilgan gaz uchun esa 22,1 dollardan nolga tushiriladi.

17 dekabr kuni bir barrel Brent neftining narxi 60,6 ga teng edi.

Avvalroq Rossiya kuniga 228 ming barrel neft qazib olishni 2018 yilning oktyabr oyi darajasiga, ya’ni sutkasiga 11,4 mln barreldan ortiq bo‘lmagan miqdorga kamaytirishga rozi bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2019 yildan Rossiya neft eksporti bojini 1,5 baravar kamaytiradi