Avstraliyalik olimlar Tasmaniya orolining janubiy sohillari yaqinida yuzlab yangi turdagi dengiz jonzotlarini aniqlashdi. Tadqiqot inson ta’siridan himoyalanuvchi va baland suv osti tog‘lari joylashgan qo‘riqxona hududlarida o‘tkazilgan.
Olimlar bir oy ichida korall poliplari, baliqlar va mollyuskalar yashaydigan 45 ta suv osti tog‘ini tadqiq qilishgan. Ular 1,9 ming metrgacha chuqurlikka sho‘ng‘ishgan.
Olimlar ekspeditsiya davomida 60 mingga yaqin surat va 300 soatdan ko‘proq videoni tasvirga olishgan. Ular yig‘ilgan materiallarni ko‘zdan kechirayotib, fanga avval ma’lum bo‘lmagan ko‘plab jonzotlarni uchratishgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ular ma’lumotlarni batafsil o‘rganishlariga yana bir necha oy kerak bo‘ladi, biroq topilgan ba’zi jonzotlar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tishdi. Jumladan, ular topgan yangi jonzotlardan eng antiqalari orasida biolyuminessent kalmarlar, arvoh-akulalar, skatlar, qisqichbaqalarning yangi turlari bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi