GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya, katta ehtimol bilan, zaharlashga urinish holatidan keyin Buyuk Britaniyada qolishgan. Bu haqda The Telegraph xavfsizlik xizmatlaridagi o‘z manbalariga asosan yozmoqda.
Ularning taxminicha, Skripallar Angliya janubida joylashtirilgan. U yerda ular tor doiradagi tibbiy ekspertlar nazorati ostida yashamoqda. Ehtimol, Yuliya hatto ish topgan ham bo‘lishi mumkin - nashr suhbatdoshlari fikricha, uning rus tilini bilishi bunda qo‘l keladi.
Shu bilan birga, guvohlarni himoya qilish dasturiga qaramasdan, oila Rossiya va Buyuk Britaniyadagi qator yaqin do‘stlari bilan aloqalarni saqlab turibdi, ba’zilari esa yozda Skripallarni ko‘rgani ham borgan, deya ta’kidlaydi The Telegraph manbalari.
Yuliya Skripal 10 aprel kuni shifoxonadan chiqarildi, otasi 18 may kuni u yerni tark etdi. O‘shandan beri sobiq polkovnik matbuot yoki rasmiylar bilan aloqa qilmadi. Uning qizi Reuters agentligiga intervyu berib, uzoq muddatli istiqbolda Rossiyaga qaytishni rejalashtirayotgani, biroq hozircha Londondagi maxfiy boshpanada qolishga majbur ekanini aytdi.
Skripallar 4 mart kuni Solsberida zaharlandi. London rasmiy versiyasiga ko‘ra, ularga qarshi SSSRda kimyoviy qurol sifatida ishlab chiqilgan «Novichok» asab-falajlovchi moddasi qo‘llanilgan, suiqasd ortida esa Rossiya rahbariyati turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi