Shimoliy Koreya hududida raketa faoliyati bilan bog‘liq yana bir ob’ekt topildi. Pxenyan ob’ekt haqida ma’lum qilmagan. Bu haqda Beyond Parallel loyihasi xabar qilmoqda.
Ekspertlarning ma’lum qilishicha, KXDR Pxenyandan shimolda, qurolsizlantirilgan zonadan 212 kilometr masofada joylashgan Sinori raketa operatsion bazasi haqida hech qachon ma’lum qilmagan. U Strategik raketa qo‘shinlari raketa jamoasining shtab kvartirasi ekanligi ta’kidlanmoqda.
Tahlilchilar 2018 yil 27 dekabr kungi sun’iy yo‘ldosh suratlarini o‘rganib chiqib, bazada yerosti bunkeri borligini aniqladi. Uni ikki boshqa ob’ekt — 1950 yoki 1960 yillarda asos solingan akademiya va mashq maydonchasi to‘ldiradi. O‘quv muassasasi avval artilleriya ofitserlarini tayyorlaganligi, oxirgi o‘n yillikda esa ballistik raketalarga ixtisoslashganligi ta’kidlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi