13:00 / 29.01.2019
8 935

Xonimning shashti baland: “Hammasi uchun javob beradi hali...”

Xonimning shashti baland: “Hammasi uchun javob beradi hali...”
Foto: “Facebook”
Ukraina prezidentligiga nomzod Yuliya Timoshenko boʻlajak siyosiy tadbirga astoydil tayyorgarlik koʻrmoqda. Siyosatchi xonim, mabodo saylovda gʻalaba qozonsa, mamlakatni korrupsiyaga botirgan barcha javobgarlikka tortilishini taʼkidlamoqda, bundan amaldagi prezident Pyotr Poroshenkoni ham ististo emas.

“U (Poroshenko) besh yilki, mamlakatni abgor qilish bilan shugʻullandi. Korrupsiya Ukrainaning tinkasini quritdi. Hammasi uchun javob beradi hali...”, — dedi Timoshenko Ukraina Markaziy saylov komissiyasida boʻlib oʻtgan brifingda.

Yuliya Timoshenko shu yilning 22 yanvar kuni prezidentlik saylovida qatnashishini maʼlum qilgandi. Pyotr Proshenko esa hozircha jim, nomzodini qoʻyish-qoʻymasligi borasida oʻz qarorini katta ehtimol bilan 2 fevral kuni bildirishi aytilmoqda.

Qayd etish lozim, oʻtkazilayotgan ijtimoiy soʻrovlar natijalari Timoshenko xonimning imkoniyati balandligini koʻrsatmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xonimning shashti baland: “Hammasi uchun javob beradi hali...”