Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hech qachon baxtli milliarderlarni uchratmaganini ma’lum qildi va yoshlarni oddiy ishdan uyalmaslikka chaqirdi.
“Badavlat ota-onadan meros tariqasida olish mumkin (boylikni – tahr.), lekin naf bermaydi. Men sizga ko‘pni ko‘rgan, tajribali inson sifatida shuni ma’lum qilamanki, 10-20 milliardga ega bo‘lgan biror bir baxtli milliarderni ko‘rmadim. Ko‘rmadim! Men sizga o‘z joniga qasd qilgan yoki qamoqda vafot etgan milliarderlar ro‘yxatini keltirishim mumkin. Bu mablag‘lar baxtli qiladi, deb ko‘rinishi mumkin, biroq o‘z kuching bilan mehnat qilib topgan puling seni baxtli qiladi”, - dedi Nazarboyev.
Shuningdek, u “mehnatsiz erishilgan yutuq – bu baxt emas”, deya ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nazarboyev muddatidan oldin prezident saylovlari haqida bayonot bergani haqida xabar qilgan edik. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi