10:41 / 23.02.2019
4 187

Xitoy «mikroto‘lqinli qurol» ishlab chiqmoqda

Xitoy «mikroto‘lqinli qurol» ishlab chiqmoqda
Foto: «News.cn»
Xitoylik olimlar mikroto‘lqinli radiolokatsiya stansiyasi tamoyili asosida ishlaydigan yangi harbiy texnologiyaning ustida ishlamoqda. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ushbu ishlanmaga ommaviy qirg‘in quroli sifatida qaralmasligi kerak. Uni terrorizmga qarshi kurashda va davlat chegaralarini himoya qilishda qo‘llash rejalashtirilmoqda.

Rasmiy ravishda, loyiha «Faol himoyaning mikroto‘lqinli tizimi» deb ataladi. Ushbu qurol teri ostidagi asab tolalarini falaj holga keltirish va dushmanda og‘riq uyg‘otish orqali «nishon»ni zararsizlantiradi. Shunday qilib, terrorchilar yoki boshqa tajovuzkorlar faol harakat qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

Xabarda ta’kidlanishicha, qurolning tashqi ko‘rinishi shahar texnik xizmatining mikroavtobuslaridan farq qilmaydi. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, ular ikki xil turdagi qurol ishlab chiqargan. Biri alohida shaxslarni zararsizlantirsa, ikkinchisi butun bir guruhni yaroqsiz holga keltiradi.

«Mikroto‘lqinli qurol» bir qancha malakali bo‘lim va xizmatlarning nazorati ostida sinovdan o‘tkaziladi. Sinov natijalari va jarayoni maxfiy bo‘lsa ham, asosiy qurol yengil vaznga egaligi, ixchamligi, va shuning uchun dushmanni zararsizlantirish operatsiyalarida keng qo‘llanilishi hozirdan ma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy «mikroto‘lqinli qurol» ishlab chiqmoqda