16:50 / 10.03.2019
6 020

“Gʻarbga taqlid qilish yoʻlini tutdik. Bu ham katta xato edi”

“Gʻarbga taqlid qilish yoʻlini tutdik. Bu ham katta xato edi”
Eski zamonlarda ziyolilarimizning eng katta xatolari Gʻarb madaniyatini yaxshi tanimaganlaridadir. Oqibatda davomiy ravishda unga dushman koʻzi bilan qaradilar. Bugun esa, Gʻarbga talpinganlarda bu holatning teskarisini koʻrib turibmiz. Endi ular oʻzligini yaxshi bilmasligi oqibatida oʻz oʻlkalariga begona boʻlib bormoqda. Xayollar oʻlkasi sifatida koʻrayotgan Gʻarb madaniyatiga ishtiyoqlari tufayli oʻzligini unutmoqda.

Oldin ham, bugun ham yuksalishimizga, rivojlanishimizga bilimsizligimiz jiddiy toʻsiq boʻlib keldi. Bilimsizligimizning ikki xil, eski va yangi koʻrinishlari bor. Eski koʻrinishi, fikr va hayotga tadbiq borasida boʻlayotgan rivojlanishlarga eʼtiborsizligimizda boʻlgan. Hozirgi koʻrinishi esa, oldin oʻsha eʼtibor bermagan narsalarimizni bugun juda sayoz va kamchilik bilan oʻrganganligimizdadir.

Hozirgi bilimsizligimizning asl jihati, koʻzni qamashtiruvchi zar bilan oʻralgan bir qancha xato maʼlumotlar toʻgʻri maʼlumot boʻlib koʻringanidadir. Bu esa bilimsizlikning eng zararlisidir. Chunki, bu soxta maʼlumotlar bizlarni jiddiy va foydali faoliyatlardan davomiy ravishda uzoqlashtirib, dunyoda obroʻyimizni tushiryapti va zamonga javob bermaydigan qilib qoʻyyapti. Hozirda taraqqiyotdan orqada qolayotganimizga, erishmoqchi boʻlgan maqsadimizni aniq belgilab olishga yetarlicha bilimimiz yoʻqligi sabab boʻlyapti.

Rivojlanishda Gʻarb madaniyatidan foydalanish uchun qanday koʻrinishda boʻlsa ham gʻarblashish kerak, degan fikrga kelib qolindi. Butun harakatlarimizning samara bermayotganiga, umidsiz va tushkun kayfiyatga tushishimizga asosiy sabab ham shudir. Bu yanglish tushunchadan qutulamiz deb har sohada Gʻarbga taqlid qilish yoʻlini tutdik. Bu ham katta xato edi.

Eng achinarlisi bu fikr va tushunchalarga amal qilib butunlay taqlidga mukkasidan ketdik. Bu sohada oldinlab ketdik. Hislarimiz, tuygʻularimiz, eʼtiqod va anʼanalarimiz, bilim va texnogiyalarimiz boshidan oxirigacha taqlidga tayangan soxta dunyoimizni yaratdik. Koʻrinishidan oʻziga jalb qiladigan, aslida oʻzligimizni oʻldiruvchi fikr va xayollar ogʻushida yashab kelyapmiz. Bu sababdan, egallagan bilimlarimiz bilan bir narsaga erisha olmayapmiz. Hozirgacha magʻrur turayotgan Gʻarb bilimi chegarasiga yeta olmadik.

Taqlid sanʼatida muvaffaqiyatga erishamiz deb oldingi bilimimizning barchasini unutdik. Shu bugungacha qoʻllab kelgan barcha narsadan qutulishni xohlayapmiz. Foydalanishimiz mumkin boʻlgan maʼlumotlar bilan ish qilish, ularni rivojlantirib hayotga tadbiq qilish oʻrniga, hech qachon bilmagan, oʻrganmagan narsalarni qoʻllashga chiranib yotibmiz.
Said Halim Posho 1920 yillar
Turkchadan Fayzullaxon Otaxonov tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Gʻarbga taqlid qilish yoʻlini tutdik. Bu ham katta xato edi”