00:23 / 14.03.2019
3 884

“Boshqacha Amerika”: bolasini pora bilan oʻqishga kiritgan ota-onalarni 20 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda

“Boshqacha Amerika”: bolasini pora bilan oʻqishga kiritgan ota-onalarni 20 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda
Foto: “SFGate”/Uilyam Singer.
AQSHdagi bir qator nufuzli universitetlar ulkan mojaro markazida qoldi. Oʻnlab ota-onalar farzandlarini pul bilan oʻqishga kiritishda ayblanyapti, ular orasida aktrisalar — Lori Laflin hamda Felisiti Xaffman ham bor. Bu haqda “Euronews”ga tayanib “Xabar” nashri yozmoqda.

“Associated Press” xabariga koʻra, aktrisa Felisiti Xaffman chorak million dollarlik garov puli evaziga erkinlikka chiqarilgan.

Tergov maʼlumotlariga qaraydigan boʻlsak, ota-onalar universitetlar xodimlariga farzandlariga oʻqishga kirishda yordam berishlari uchun konsalting kompaniyasi orqali pora berishgan. Ayrim abituriyentlar garchi sport bilan shugʻullanishmasada, pora olinganidan soʻng universitetlar sport jamoalariga chaqirilgan. Ayblanuvchilar orasida murabbiylar ham bor.

“Biz qizi yoki oʻgʻlining oʻqishga kirish imkonini oshirish uchun maktabga binolar xayriya qilinishi haqida gapirmayapmiz. Biz yolgʻon va firib guvohi boʻlyapmiz. Soxta imtihon natijalari, soxta sport guvohnomalari, soxta fotosuratlar, kollejning sotib olingan amaldorlari”.

Endryu Lelling,
Massachusets shtati prokurori

Korrupsiya ishiga, xususan, baobroʻ Stenford, Yel hamda Kaliforniya universitetlari aralashib qolgan. Berilgan pora miqdori bir necha yuz ming dollargacha ekani taxmin qilinmoqda. Bu ishlarning boshida turgan shaxs — konsalting kompaniyasi rahbari Uilyam Singer. U mijozlarining buyurtmasini bajarish uchun universitetlar xodimlarini tez-tez “sotib olganiga” iqror boʻldi.

“Reuters” yozishicha, Singer va boshqa ayblanuvchilar, xususan, oʻziga toʻq ota-onalar 20 yilgacha qamoq jazosi olishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Boshqacha Amerika”: bolasini pora bilan oʻqishga kiritgan ota-onalarni 20 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda